Мавлуда Асалхужаева - Ayb sendami yor
Мавлуда Асалхужаева - Ayb sendami yor
Слушать
5
Трек

Ayb sendami yor

Мавлуда Асалхужаева
Исполнители
Текст песни
Текст песни: Tushunmay bir-birimizga, yana sarsonmiz,
Yo`l topolmay ko`nglimizga, negadir hayronmiz.
Lek bir-birimizga aslida aniq muhtojmiz,
G`ururlarimizni yengolmadikmi, bilmayman.

Boshingni egib, uzr so`rab kelging kelmaydi,
Men ham g`ururimni sindirib borgim kelmaydi.
Nahot, g`urur sevgidan kechishga arzimaydi?
Sinovlardan o`ta olmadikmi hech, bilmayman.

Qoldi qara, uch-to`rt qadam ayriliqqa, yor,
Taqdir sinovlaridan o`tmadikmi, yor?
Baxtimizdan kechish shunchalar osonmi, yor?
Ayb sendami, yor, ayb mendami, yor?

Necha kunlar o`tsa ham, u yonimga kelmaydi,
Qo`ng`iroq bilan bitta holim so`ray demaydi.
Negadir yolg`izlikka yuragim hech ko`nmaydi,
Bir-birimizdan kechish shunchalar ham osonmi?

Nahotki, va’dalarimiz birdan unut bo`ldi?
Bora-bora yurak ado bo`lib, umidlar so`ndi.
Dillarimiz tunu-kun sog`inchlarga ham to`ldi,
Tuyg`ularimiz nahotki shunchalar arzonmi?

Qoldi qara, uch-to`rt qadam ayriliqqa, yor,
Taqdir sinovlaridan o`tmadikmi, yor?
Baxtimizdan kechish shunchalar osonmi, yor?
Ayb sendami, yor, ayb mendami, yor?
Song cover Song cover

Текущий плейлист